UzAuto Motors kompaniyasi Kun.uz saytida e’lon qilingan “UzAuto Motors har bir Malibu-2’ning ustiga 10 ming dollar «mindirib» pullayaptimi?” sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.

Munosabatda kompaniya Janubiy Koreyadan yiliga 2900 dona Malibu avtomobilini import qilişi aytilgan, lekin bu maşinalar qançadan sotib olinayotgani oçiqlanmagan.

Avvalroq, davletovuz Telegram-kanali havola qilgan şartnoma ilovasida qariyb 63,5 mln dollarlik bitim tuzilgani keltirib ötilgandi. Demak, UzAuto Motors GM Korea Company'dan har bir avtomobilni 21 891 dollardan (çunki umumiy şartnoma summasi 63,5 mln dollar) xarid qiladimi? Bunga aniqlik kiritilmagan.

Bundan taşqari, “mahalliy avtogigant” (kompaniya özini şunday atagan) bayonotiga köra, qimmatbaho avtomobillarni sotişdan olingan daromad arzonroq modellarni işlab çiqariş xarajatlarini qisman qoplaydi va narxlar ösişini uşlab turadi. Bu ma’lumot esa yillar davomida mahalliylaştiriş bilan şuğullanib kelgan işlab çiqaruvçi tannarxni baribir pasaytirolmagani, bu boradagi topşiriqlarni bajarolmagani, eng arzoni 11 200 dollardan sotilayotgan Cobalt va 11 800 dollardan sotilayotgan Lacetti-Gentra kabilar aslida bundan ham qimmatga tuşayotgan bölişi mumkinligini anglatadi.

Boz ustiga, UzAuto Motors avtomobillarining nafaqat narxi, balki assortimenti eskirgani, işonçliligi, xavfsizligi va ekologik tozaligiga nisbatan ham iste’molçilarda e’tirozlar juda köp.

Kompaniya, şuningdek, dunyoda öz avtomobillarini 100 foiz mahalliylaştirişni ta’minlagan birorta ham işlab çiqaruvçi yöqligini ta’kidlab ötgan.

“Komponentlar importiga kelsak, şuni tuşuniş kerakki, avtomobil işlab çiqariş jarayoni eng yuqori texnologiyali va qimmatga tuşadi, zarur xomaşyo mavjud bölganida ma’lum bir ehtiyot qismlarni işlab çiqariş maqsadga muvofiqligi uçun katta talabni kafolatlaş kerak”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Özbekistonda hozirgi kunda işlab çiqarilayotgan avtomobillarga kerak böladigan ehtiyot qismlarining neça foizi mahalliylaştirilgan, qança qismi import qilinadi? Bu böyiça ham heç qanday ma’lumot berilmagan.

Kompaniya, şuningdek, Chevrolet brendining Koreya uçun möljallangan saytida narxlar “soliqlarsiz, sof şaklda” körsatilgani, buni körgan muallif “marketing hiylasiga duç kelgani”ni iddao qilgan. Ta’kidlaş kerak, saytdagi narxlar taxminiy xarakterga ega ekani yozilgan bölsa-da, soliqlarni öz içiga olmagani haqida biror izoh körsatilmagan. Bu esa öz navbatida UzAuto Motors'ning da’vosi ham tekşirilişi lozimligini körsatadi.