Sirdaryoda stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva davlat daromadiga ötkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, sud hukmi bilan maşina davlat foydasiga musodara qilingan. Buning ijrosi esa MIBga yuklatilgan edi. Byuroning Sayxunobod tuman bölimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur avtomaşina baholangan va auksion savdosiga çiqarilgan.
2025 yilning 3 mart kuni ötkazilgan auksion savdosida uşbu maşina 100 mln 567 ming sömga sotilgan. Sotuvdan tuşgan mablağ davlat daromadiga ötkazilişi ta’minlangan.
2024 yilning 29 may kuni Sayxunobod tumanida mast erkak Captiva’ni stadionga boşqarib tuşib, atrofdagilarning hayotini xavf ostiga qöygan holda maşinani odamlar ustiga haydab borgan edi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, haydovçi tegişli tartibda qamoqqa olingan hamda maşina jarima maydonçasiga joylaştirilgandi.
Keyinçalik sud hukmi bilan haydovçiga 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan edi. Captiva maşinasi esa jinoyat quroli deb topilgan va davlat foydasiga musodara qilingandi.
“Ikkinçi aylangan vaqtimda maşinamning burçagi bir bolaga tegib ketdi. Keyin şunça voqea böldi, tavakkal dedim-da, stadion darvozasiga qarab haydadim. Öşa orada maşinani toşböron qilişdi. Keyin töğri çiqib, uyimga ketdim. Hammadan uzr sörayman, tavba qildim. Endi umuman odam yiğilgan joyga, töyga ham bormayman, va’da beraman. Oxirgi imkoniyat berişingizni sörayman”, degan erkak sudda.
Sudda da’vogarlar undan şikoyati yöqligini bildirgan. Biroq erkakning maşinasi old qismi bilan ikki nafar şaxsni turtib yuborib, voqea joyidan qoçib ketgani oğirlaştiruvçi holat sifatida baholangan.









