O‘zbekiston | 17:31 / 13.02.2021
16867
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda «snos»lar tufayli buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan - Bosh prokuratura

Hokimliklar "snos"lar bo‘yicha chiqargan 196 ta qarorning 76 tasida amaldagi tartibga rioya etilmagan.

Prokuratura organlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning qoplanishini tahlil qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2020 yilning 1 yanvar holatiga, buzilgan mulklar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan qariyb 443 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lgan, biroq o‘tgan yilda bu qarzdorlikning atigi 202 mlrd so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan, xolos.

Bu haqda 13 fevral kungi brifingda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, to‘langan qarzdorlikning 151,5 mlrd so‘mi naqd pul, 10,7 mlrd so‘mi yer berish, 39,2 mlrd so‘mi mulk berish hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, hududiy hokimliklar tomonidan buzilishlar bo‘yicha qabul qilingan 52,6 mlrd so‘mlik 196 ta qarorlarning 76 tasi yoki 39 foizi bo‘yicha amaldagi tartibga rioya etilmagan.

Mavzuga oid