Prokuratura organlari davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalari olib qöyilişi munosabati bilan buzilgan mulklar böyiça yetkazilgan zararlarning qoplanişini tahlil qildi.
Ma'lum bölişiça, 2020 yilning 1 yanvar holatiga, buzilgan mulklar böyiça kompensatsiya tölovlaridan qariyb 443 mlrd söm qarzdorlik mavjud bölgan, biroq ötgan yilda bu qarzdorlikning atigi 202 mlrd sömi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan, xolos.
Bu haqda 13 fevral kungi brifingda Boş prokuratura boşqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, tölangan qarzdorlikning 151,5 mlrd sömi naqd pul, 10,7 mlrd sömi yer beriş, 39,2 mlrd sömi mulk beriş hisobiga töğri kelgan.
Şu bilan birga, hududiy hokimliklar tomonidan buzilişlar böyiça qabul qilingan 52,6 mlrd sömlik 196 ta qarorlarning 76 tasi yoki 39 foizi böyiça amaldagi tartibga rioya etilmagan.
Andijon – «snos»lar böyiça eng köp noqonuniy qarorlar çiqqan hudud ekani ayon böldi












