O‘zbekiston | 18:27 / 31.10.2024
8320
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi

UzAuto Motors yangi Cobalt xususiyatlari va narxi haqida ma’lumot berdi.

Foto: UzAuto Motors

Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi UzAuto Motors AJ.

Qayd qilinishicha, yangi modifikatsiya Cobalt modelining hozirgi mavjud modifikatsiyalari bilan birgalikda ishlab chiqariladi.

Birinchi bosqichda yangi modifikatsiya tashqi ko‘rinishini yaxshilovchi detallari bilan ajralib turadi, ularga qoramtir tusdagi yoritish tizimi va g‘ildirak disklar kiradi. Keyingi bosqichlarda esa interiyer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.

Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 million so‘mga farq qiladi. Shu bilan birga, mavjud modifikatsiyaning ishlab chiqarilishi va sotuvi davom etadi, uning narxi esa o‘zgarishsiz qoladi (Cobalt GX-Style ATPlus - 147 916 000 so‘m).

Xabarda sotuvlar qachon boshlanishi haqida ma’lumot berilmagan.

Mavzuga oid