Jamiyat | 19:23 / 21.04.2017
33356
2 daqiqa o‘qiladi
Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirildi?
21 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-chorak yakunlari" anjumanida bir qator vazirlik va idoralar vakillari shu kunga qadar o‘z yo‘nalishlarida Strategiya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berishdi. Xususan Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilgani ma'lum qilindi:
- Qonun hujjatlarini tarqatish tizimi tubdan takomillashtirildi;
- Sud tizimini yanada isloh etish orqali bir qator muhim qonun hujjatilari qabul qilindi. Xususan, sudyalik lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, navbatdagi 10 yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga muayyan tartibda tayinlanishi yoki saylanishi belgilandi;
- Sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyilga rioya etilishini ta'minlashga ko‘maklashadigan Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash, shu jumladan xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 71 ta tumanlararo tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilishi belgilandi;
- Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash maqsadida 27 ta huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari tashkil etildi;
- Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llash ko‘lami kengaytirildi. Jumladan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan "majburiy jamoat ishlari" jinoiy jazosi kiritildi;
- Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarga muvofiq, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
07:50 / 25.09.2024
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024