Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«KVARS» AJ loyihasini moliyalashtirish doirasida Xitoyning Sinosure eksport kredit agentligi «Asaka» bankiga sug‘urta polisini beradi
2019 yil 28 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida «Asaka» banki va Xitoy Xalq Respublikasining Sinosure eksport kredit agentligi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sinosure EKA XXR hukumati tomonidan 2001 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda Sinosure EKA – bu Xitoyda yagona eksport kredit agentligi bo‘lib, dunyodagi eng yirik shunday agentliklardan biri hisoblanadi.
Ushbu uchrashuv natijasida tomonlar «KVARS» AJ shisha ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish doirasida «Asaka» bankning 36 mln yevro miqdoridagi majburiyatlari bo‘yicha sug‘urta polisini berish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!
Murojaat uchun telefon: (+99871) 200-55-22
Veb-sayt: www.asakabank.uz
Telegram: t.me/bank_asaka
Facebook: fb.com/bankasaka
Instagram: @asaka_bank
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:07 / 27.10.2020
«Asaka» bank: «Toshkent metallurgiya zavodi» bankning yirik moliyaviy loyihasi
15:15 / 18.09.2020
«Asaka» bank: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 50 mln dollarlik bitim imzolandi
20:30 / 07.09.2020
«Asaka» bank Boshqaruv raisi yosh xodimlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
09:00 / 13.08.2020