Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
Yun Sok Yol 2024 yil dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy etishga urinish va isyonga rahbarlik qilishda ayblanmoqda. Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, isyon to‘g‘risidagi ishlarda prokurorlar sudga o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi shart.
Foto: Seoul Central District Court
Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024 yil dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinishda aybdor deb topilsa, unga o‘lim jazosi berilishini talab qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
13 yanvar kuni Seuldagi sud Yunning isyonga rahbarlik qilishda ayblanayotgan ishi bo‘yicha yakuniy dalillarni tingladi.
2024 yil dekabr oyi boshida bir kun ichida Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyat bir necha bor keskin o‘zgardi. Avvaliga prezident Yun harbiy holat joriy qildi, keyin parlament bu qarorni blokladi, shundan so‘ng parlamentda ko‘pchilikni tashkil qilgan muxolifat deputatlari prezidentga impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi, u hibsga olindi va sudga berildi.
Qo‘zg‘olonga rahbarlik qilish - Yunga qo‘yilgan eng og‘ir ayblov uchun o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan. Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, isyon to‘g‘risidagi ishlarda prokurorlar sudga o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq jazosi berish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi shart.
Yun barcha ayblovlarni rad etib, harbiy holatning joriy etilishi ramziy ma’noga ega bo‘lgani va muxolifatning suiiste’molliklariga jamoatchilik e’tiborini qaratish uchun mo‘ljallanganini ta’kidlamoqda.
Janubiy Koreya qariyb 30 yil davomida o‘lim jazosini ijro etmagan. 1996 yilda sobiq harbiy diktator Chon Du Xvan 1979 yilda harbiy to‘ntarish oqibatida hokimiyatni egallab olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq keyinchalik uning jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan edi.
Yun ishi bo‘yicha maxsus prokurorlarning ta’kidlashicha, uning harbiy holat joriy etishga urinishi oqibatida hech kim halok bo‘lmasa-da, niyati undan kam bo‘lmagan zo‘ravonlik edi.
Sudda guvohlik bergan harbiy boshliqlardan biri Yun qonun chiqaruvchilarni hibsga olish to‘g‘risida buyruq berganini da’vo qildi.
Shuningdek, harbiy holat rejasi ishlab chiquvchilaridan biri - sobiq harbiy ofitserning yuzlab odamlarni, jumladan, jurnalistlar, kasaba uyushmalari faollari va parlament a’zolarini «yo‘q qilish» taklifi aks etgan memorandumi ham dalil sifatida keltirilgan.
O‘tgan oyda ham prokurorlar sobiq prezidentni odil sudlovga to‘sqinlik qilish va harbiy holat joriy etishga urinish bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qilgan edi.
Yunga qarshi jinoyat ishi uning ma’muriyatidagi boshqa ikki yuqori martabali vakil - sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va sobiq politsiya boshlig‘i Cho Ji Xo ishi bilan birlashtirildi. Yun va boshqa ayblanuvchilar aybdor deb topilsa, ularga nisbatan hukm fevral oyida chiqarilishi kutilmoqda.
2024 yil 3 dekabr kuni kechqurun Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol favqulodda murojaat bilan chiqdi. U harbiy holat e’lon qildi (1979 yildan beri birinchi marta) va uni konstitutsiyaviy tartibni «kommunistik kuchlar» va go‘yoki KXDR tahdidlaridan himoya qilish uchun zarur chora deb atadi.
Prezident «davlatga qarshi unsurlar» haqida ham to‘xtalib o‘tdi, uning so‘zlariga ko‘ra, ularni «yo‘q qilish» kerak.
Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari ko‘chalardan va parlament - Milliy Assambleya binosidan efirga chiqdi, u yerda deputatlar taqiqni e’tiborsiz qoldirib, ish joylariga bostirib kirishga harakat qildi.
Harbiy holat atigi bir necha soat davom etdi. Deputatlar Milliy yig‘ilish zalida to‘planib, prezident farmonini bekor qilish uchun ovoz berishga muvaffaq bo‘ldi.
Natijada Yun hibsga olindi va jinoiy javobgarlikka tortilgan mamlakatning amaldagi birinchi prezidentiga aylandi.
Mavzuga oid
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
07:40 / 27.03.2026
Janubiy Koreya birinchi seriyali KF-21 qiruvchisini namoyish qildi
12:25 / 19.03.2026
Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
12:26 / 19.02.2026