Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Gryaz" laqabli jinoiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlandi
U o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, bosqinchilik, tovlamachilik, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish kabi jinoyatlarda ayblanib, 2023 yilda qidiruvga berilgandi. Ushbu shaxs O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi.
Foto: IIV
Qidiruvda bo‘lgan «Gryaz» laqabli jinoiy uyushma yetakchisi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIV TQD JQX Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, DXX hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Unda O‘zbekiston hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada tergovdan yashirinib yurgan «Gryaz» laqabli 32 yoshli Yo.M. qo‘lga olingan. U joriy yil 5 dekabr kuni O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirilgan.
Yo.M. Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 2-qismi, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi, 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi va 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi bilan ayblanib, 2023 yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruv berilgandi.
Avvalroq Interpol qidiruvida bo‘lgan shaxs Misrda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingandi.
Mavzuga oid
09:56 / 27.03.2026
Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlagan jinoiy guruh ushlandi
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026