Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanjar Tursunov Olimpiada chempioniga yutqazdi va bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi
Foto: AIBA
Hamburgda davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston vakillaridan yana biri yarim final jangini o‘tkazdi.
Og‘ir vaznda (91 kg.) ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov yarim finalda Olimpiada va jahon chempioni, rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi ringga chiqdi.
19 yoshli sportchi o‘zidan bo‘y jihatdan baland bo‘lgan raqibga bir nechta kuchli zarbalar berdi. Ammo hakamlarning barchasi g‘alabani Rossiya vakiliga taqdim etishdi — 27:30, 27:30, 27:30, 27:30, 28:29.
Shu tariqa, ilk marta JChda ishtirok etgan Sanjar Tursunov bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025