Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sizlarni qo‘llab-quvvatlasak, olgan videolaringiz dunyoga chiqadi». Jahongir Ortiqxo‘jayev TikTok’chilarga xayrixohlik bildirdi
23 dekabr kuni Toshkent shahrida TikTok tarmog‘ida muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar uchun «Tashkent city TikTok awards 2020» tadbiri tashkil etildi. Unda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etdi.
«Aziz tiktokerlar, ijodingizga omad tilaymiz! Biz doim sizlar bilan birgamiz. Hozir qilayotgan, ko‘rsatayotgan videolaringiz kimlar uchundir yengil-yelpi ko‘rinayotgandir. Lekin bu sizlarning yoshingiz kategoriyasi. Biroz ulg‘ayganingiz sari yaxshiroq, jiddiyroq videolar olasizlar. Lekin hozirdan sizlarni qo‘llab-quvvatlasak, o‘ylaymanki, olgan klip va materiallaringiz dunyoga chiqadi. Zotan, dunyoga chiqib ham bo‘ldingiz», dedi hokim o‘z so‘zida.
Tadbirda yilning eng iqtidorli TikTok’chisi, eng tez o‘suvchi akkaunt, eng ko‘p tomosha qilingan video, musiqali TikTok, eng ko‘p obunachiga ega TikTok’chi, yil chellenji, yil xeshtegi kabi 12 yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi.
Bloger Ozodbek Mannopovning aytishicha, TikTok va Instagram tarmoqlari o‘rtasida katta farq mavjud.
«Biz asosan Instagram’da faoliyat olib boramiz. Bugun o‘zimizga o‘xshagan ijodkorlarni ko‘rib tajriba almashyapmiz.
Moskva va Yevropada TikTok judayam ommalashgan. Mening hozirda TikTok’da 150 mingga yaqin, Instagram’da 300 mingga yaqin obunachilarim bor.
TikTok Instagram’dan ancha farq qiladi. Unda asosan musiqalarga ishlanadi. Duet qilinadi, raqsga tushiladi. Instagram boshqa narsa. Shuning uchun TikTok’dan ozgina chetroqda yurishga harakat qilamiz. Menimcha, TikTok’ni cheklab turish kerak. Chunki unda chegara yo‘q. Instagram‘da esa chegara bor. Misol uchun, unda bachkana narsa qilinsa, ko‘rishlar soni kam bo‘ladi yoki odamlar negativ fikrlar bildirishadi. TikTok’ka esa duch kelgan narsa kirib ketaveradi. Odamlar layk yig‘ish uchun hamma narsa qilib ko‘rishmoqda», dedi tadbir ishtirokchisi Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
23:14 / 21.12.2025
Olimlar qisqa videolarning aqliy qobiliyatga salbiy ta’sir qilishini tasdiqlashdi
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
16:19 / 31.10.2025
O‘zbekistonda taqiqda bo‘lgan TikTok qanday qilib soliq to‘layapti?
11:21 / 25.10.2025