O‘zbekiston | 07:24 / 14.06.2022
6475
3 daqiqa o‘qiladi

Hokim yordamchisiga mahalladagi davlat ko‘chmas mulk obektini auksion savdosiga chiqarishga ruxsat beriladi 

Foto: Shutterstock

“Davlat ko‘chmas mulk obektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibini tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Maydoni 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki obektlari hokim yordamchilari onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi. Bunda onlayn-buyurtmanoma hokim yordamchilari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Davlat mulki” axborot tizimi orqali beriladi.

Hokim yordamchilari onlayn-buyurtmanomalariga asosan davlat ko‘chmas mulk obektlari muvofiq sxema bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi. Davlat ko‘chmas mulk obektlarini sotish shartlari, agar prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Hokim yordamchisi o‘zi biriktirilgan mahallada aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektini sotish uchun axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma beradi.

Hokim yordamchisi onlayn-buyurtmanomasida bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obekti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:

  • obekt to‘liq manzili;
  • fotosuratlari va aniq geopozitsiyasi;
  • obektni kelgusida sotish bo‘yicha taklifi.

Bunda, onlayn-buyurtmanoma hokim yordamchisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda yuboriladi.

Axborot tizimiga onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan so‘ng agentlik hududiy boshqarmalari tomonidan uch ish kuni davomida:

  • ko‘chmas mulk obekti bo‘sh turgani;
  • kadastr hujjatlariga muvofiq obekt umumiy yer maydoni va bino-inshootlar egallagan maydoni hamda balansda saqlovchi;
  • bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obekti ijtimoiy soha obekti toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
  • bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obekti prezident, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Hududlarni rivojlantirish dasturi (tarmoq jadvali)da mavjudligi yoki mavjud emasligi;
  • xususiylashtirish dasturlariga kirgani, obektdan kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha vakolatli organ qarori mavjudligi;
  • obektga nisbatan taqiq (cheklov) mavjudligi o‘rganiladi;
  • bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obekti joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechiriladi.

Mavzuga oid