O‘zbekiston | 23:26 / 15.07.2021
9266
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: “Strategik sheriklik deklaratsiyasi Pokiston bilan aloqalarimiz tarixida yangi davrni boshlab beradi”

Shavkat Mirziyoyev Imron Xonning rasmiy tashrifini “davlatlararo munosabatlar tarixida yangi sahifa ochadigan muhim siyosiy voqea” deb baholadi.

Toshkentda O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xonning rasmiy tashrifini “davlatlararo munosabatlar tarixida yangi sahifa ochadigan muhim siyosiy voqea” deb baholadi.

“Ko‘p qirrali aloqalarimiz oxirgi yillarda sifat va mazmun jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarilib borayotgani bizni mamnun etadi. Hozirgina yakunlangan tor va kengaytirilgan doiradagi muzokaralar do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi intilishlarimiz qat'iy ekanini isbotladi.

O‘zbekiston va Pokiston hamkorligining bugungi yuqori darajasidan kelib chiqib, davlatlarimiz o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladik. Bu muhim qadam aloqalarimiz tarixida yangi davrni boshlab beradi, deb ishonch bilan ayta olamiz”, – deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

Mavzuga oid