Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Naqd shaklda pensiya tarqatishda Face-ID qo‘llana boshlandi
Pensiyani naqd shaklda oluvchilar endilikda biometrik identifikatsiya (Face-ID)dan o‘tib, pulni olganini elektron imzosi orqali tasdiqlaydi. Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, shu orqali hisobotlarda pensiya “to‘landi” deb yozilib, aslida to‘lanmay qolgan yoki pul boshqa shaxsga berib yuborilgan holatlarning oldi olinadi.
Foto: Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati
Fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali naqd shaklda pensiya to‘lash boshlandi.
Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, oktyabr oyidan boshlab hududlarda pensiyalarni naqd shaklda to‘lashda fuqarolar biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilinyapti va ularning imzosi elektron shaklda olinyapti.
“Endilikda to‘lov jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda "to‘landi" deb hisobot berilib, amalda fuqaroga to‘lanmaslik yoki boshqa shaxslarga to‘lab yuborish holatlari oldi olinadi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov hukumatda pensiya yoshini oshirish rejasi borligini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
19:53 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan pensionerlar soni ma’lum qilindi
15:41 / 13.11.2025
Kulrang maosh: pullaringiz qay tarzda yo‘qolmoqda
09:02 / 13.11.2025
Fransiya: deputatlar pensiya islohotini muzlatishni ma’qulladi
13:51 / 05.11.2025