Fuqarolarni biometrik identifikatsiya qiliş (Face-ID) orqali naqd şaklda pensiya tölaş boşlandi.
Pensiya jamğarmasi xabariga köra, oktyabr oyidan boşlab hududlarda pensiyalarni naqd şaklda tölaşda fuqarolar biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilinyapti va ularning imzosi elektron şaklda olinyapti.
“Endilikda tölov jarayonida bölişi mumkin bölgan Xalq banki tomonidan hisobotlarda "tölandi" deb hisobot berilib, amalda fuqaroga tölanmaslik yoki boşqa şaxslarga tölab yuboriş holatlari oldi olinadi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq Pensiya jamğarmasi ijroçi direktori Murodbek Otajonov hukumatda pensiya yoşini oşiriş rejasi borligini tasdiqlagandi.












