Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nest One haqida tarqatilgan mish-mish rad etildi
Internetda paydo bo‘lgan mish-mishga javoban Aloqabank bu bino qurilishi uchun kredit ajratmagani, tadbirkor Murod Nazarov esa bu loyiha bo‘yicha hech qanday krediti yo‘qligini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Aloqabank va Nest One loyihasi rahbari Murod Nazarov 22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan xabarni rad etdi.
Internetdagi mish-mishda Toshkent sitidagi Nest One majmuasidan turar va noturar joylarni sotib olgan xaridorlar o‘z mulklarini tasarruf eta olmayotgani, bunga go‘yoki inshoot qurilishini moliyalashtirgan Aloqabankka kredit shartnomasiga muvofiq pullar to‘lanmay kelinayotgani, bank sudga murojaat qilgani iddao qilingan.
Nest One qurilishida Aloqabank ishtirok etmagan
Aloqabank axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bank tomonidan bu bino qurilishi uchun hech kimga kredit mablag‘lari berilmagan.
“Nest One binosining qurilishiga Aloqabankning hech qanday aloqasi yo‘q. Shunday ekan, bank tomonidan bu bino uchun hech kimga kredit mablag‘lari berilmagan va o‘z navbatida biror tadbirkorga nisbatan sudga murojaat qilinmagan. Xabarda keltirilgan Aloqabank bilan bog‘liq barcha gaplar yolg‘on”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
“Nest One bilan bog‘liq birorta kreditimiz yo‘q”
Tadbirkor Murod Nazarovning Kun.uz'ga izoh berishicha, Nest One qurilishi bilan bog‘liq qarzdorlik yo‘q va binoning kadastri ham chiqib bo‘lgan.
“Bu yolg‘on xabar. Men ham xayron bo‘ldim, bizda kreditlar yo‘q edi-ku, deb. Binoning kadastrlari 100 foiz chiqqan, 554 ta xaridorga bu rasmiylashtirib ham berildi. Qolgan mijozlar bilan ishlar olib borilyapti. Nafaqat Nest One, balki Murod Buildings, NRG’da ham birorta kredit yo‘q. Bu feyk xabarlarni tarqatganlar qonun oldida javob berishadi”, – deydi tadbirkor.
Mavzuga oid
11:16 / 24.10.2025
“Ko‘chmas mulkni kerak bo‘lsagina olish kerak” - Murod Nazarov
16:55 / 19.07.2025
Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning qurilishlarida daraxtlar kesilishi holatini tekshirishga chaqirdi
20:19 / 18.07.2025
“Bu narsa baribir ko‘tariladi” – Murod Nazarov nega daraxtlar kesish tartibini o‘zgartirishni so‘radi?
17:16 / 18.07.2025