Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar yana bir bor xorijdagi harbiy mojarolarda qatnashmaslikka chaqirildi
Migratsiya agentligi migrantlarni qurolli mojarolarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘payganini qayd etdi.
Foto: Depositphotos
Qator davlatlarda mehnat migrantlarini qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda, deb xabar berdi Migratsiya agentligi tafsilotlarga to‘xtalmasdan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 154¹-moddasiga ko‘ra, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Migratsiya agentligi quyidagilar qat’iy ravishda taqiqlanganini ma’lum qildi:
- qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
- harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
- xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
- shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.
Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari yoki Migratsiya agentligining vakolatxonalariga murojaat qilish tavsiya etildi.
Mavzuga oid
18:11 / 29.12.2025
“Gospitalga borish uchun qo‘limda granata portlatdim” – Rossiya armiyasiga yollangan shaxs qamaldi
17:40 / 26.11.2025
“Qarzimni uzish uchun urushga bordim” – Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik erkak qamaldi
16:24 / 18.11.2025
2022 yildan beri O‘zbekistonda yollanish moddasi bilan 338 ta jinoyat ishi ochildi
16:25 / 19.10.2025