Rossiya armiyasiga yollangan özbekistonlik şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, Namangan şahrida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan Ş.M. işlab pul topiş maqsadida bir neça bor Rossiya davlatiga borib kelgan. U 2025 yil 10 aprel kuni Rossiyaga borgan. 15 aprel kuni moddiy boylik orttiriş maqsadida Rossiya armiyasi safida xizmat qiliş böyiça şartnoma imzolagan. Söngra oddiy askar unvonini olib, haydovçi-çilangar vazifasida xizmat qilişga kirişgan.
Ş.M. 2025 yil 20 aprel kuni Luhanskdagi harbiy lagerga olib borilgan. 2 hafta davomida öşa yerda harbiy tayyorgarlikdan ötgan. 2025 yil 5 may kunidan esa Ukrainaga qarşi uruşda iştirok eta boşlagan. Biroq oradan 4 kun ötib, 9 may kuni mina portlaşi oqibatida çap oyoğidan yaralangan.
Ş.M. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan hamda odamlardan qarz bölib qolgani sababli bu işga qöl urganini aytgan.
“2012 yilda işlaş maqsadida Rossiyaga borib, 2013 yilda qaytib kelganman. 2024 yil 10 noyabr kuni Rossiyaning Ivanovo şahriga bordim va u yerdagi tekstil korxonasida usta bölib işlay boşladim. 2025 yil 4 aprelda yaşaş uyimga qaytib keldim. Özbekistonga kelişimning asosiy sababi Rossiyaga qaytib borib, Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etiş istagim borligini oilamga bildiriş hamda yaqinlarim bilan xayrlaşiş bölgan. Biroq bu haqda oila a’zolarimga aytmadim.
2025 yil 10 aprelda Rossiyaning Ivanovo şahriga qaytdim va öşa yerdagi Mudofaa işlari bölimiga borib, Rossiya Qurolli kuçlari tarkibiga kiriş böyiça bir yillik şartnoma imzoladim. Buning uçun menga 1 mln rubl miqdorda pul mablaği berildi.
2025 yil 20 aprel kuni meni va Rossiya Qurolli kuçlari safiga kirgan boşqa şaxslarni Luhanskning Markovka şahrida joylaşgan harbiy lagerga olib borişdi. Bu yerda harbiy xizmatçilar ikki hafta davomida bizga AK-74 qurolini otiş va duşman hujumidan himoyalanişni örgatişdi. Qöl granatalaridan foydalaniş, piyodaga va tankka qarşi minalarni aniqlaş esa qisman örgatildi.
2025 yil 9 may kuni xizmat vazifamni olib boriş davomida Ukraina harbiylari tomonidan qöyilgan minani bosib olib, çap oyoğimdan yaralandim. Meni avvaliga Luhanskdagi harbiy gospitalga olib borişdi. U yerda birinçi yordam körsatilgaç, Belgorod şahridagi harbiy gospitalga jönatişdi”, degan erkak suddagi körsatmasida.
Şundan söng u 5 iyunga qadar harbiy gospitalda davolangan. 2025 yil 6 iyun kuni esa Ş.M. harbiy tibbiy komissiya tomonidan vaqtinça harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va unga reabilitatsiya uçun 6 iyulgaça ta’til berilgan.









