Rossiya armiyasiga yollangan andijonlik erkak jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 1987 yilda tuğilgan S.X. 2025 yil 14 aprel kuni işlab pul topiş maqsadida Rossiyaning Novosibirsk şahriga borgan. U yerda yöllarni ta’mirlaşga ixtisoslaşgan firmada işlay boşlagan. Biroq Rossiyada işlaş va vaqtinça yaşaş böyiça tegişli hujjatlarni rasmiylaştirmagan.

2025 yil 1 iyun kuni S.X. va şerigi politsiya tomonidan uşlanib, hujjati tekşirilgan. Politsiya hujjati borligi uçun şerigini qöyib yuborgan, S.X.ni esa olib qolgan.

“Qandaydir hujjatga imzo qöydirişdi. Ertasi kuni poyezdda Rostov viloyatiga olib ketişdi. U yerda 7 kun davomida harbiy tayyorgarlikdan ötdik. Söng harbiy yuk maşinasida Donetsk şahriga olib borişdi. 2025 yil 25 iyun kuniga qadar jangda qatnaşayotgan Rossiya fuqarolari uçun keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini taşiş bilan şuğullandim.

Şundan keyin Luhanskda qayta harbiy tayyorgarlikdan ötdik. 22 avgust kuniga qadar bizga biriktirilgan hududga Ukraina askarlari ötmasligini ta’minlab turdik. Bir amallab gospitalga boriş rejasini tuza boşladim. Granataning ustki qismini ajratib olib, qölimda uşlab turganimda portladi. Çap qölimning kiçik barmoği uzilib ketdi. Söng qölimni bilak sohasidan boğlab, öşa yerdagi harbiy şifokorga körindim. Söng meni avvaliga Luhanskdagi, keyin Volgograd şahridagi gospitalga jönatişdi”, degan erkak suddagi körsatmasida.

S.X. 2025 yil 6 oktyabr kuni gospitaldan qoçib çiqib, Moskva şahriga borgan. Söngra samolyotga çipta olib, Özbekistonga qaytgan.

JIB Böston tuman sudining 2025 yil 4 dekabrdagi hukmi bilan S.X. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollaniş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllangan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Avvalroq Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan surxondaryolik yigit 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.