Özbekiston fuqarosi, Rossiya tomonda turib jang qilgan Zuhriddin Yöldoşev Ukraina droni tomonidan asir olindi. Uning özi bu haqda NEXTA telegram-kanalida e’lon qilingan videorolikda aytib ötgan.
Buxorodan bölgan 31 yoşli şaxsning aytişiça, u göyoki giyohvand modda taşişda ayblanganidan keyin RF armiyasi bilan şartnoma imzolaşga majbur bölgan – aks holda u 12 yildan 18 yilgaça bölgan muddatga qamalişi mumkin edi.
U elçixona bilan boğlanişga imkon berilmagani, unda faqat ikki yöl qolgani – qamoq va frontdan birini tanlaşga töğri kelganini aytib ötgan.
Özining aytişiça, u oldingi çiziqqa borişi bilan darhol taslim bölgan: ukrain droni uni birinçi bölib payqaganidan keyin asirga olgan.
Yöldoşev ratsiya va boşqa jihozlarni öz hisobidan sotib olişiga töğri kelgani, Rossiya armiyasida «xaos va aldov» hukmron ekani haqida gapirgan. Uning sözlariga köra, pozitsiyada halok bölgan askarlar jasadi şunçalik köpki, «oyoq qöyişga joy topilmaydi».
U Rossiyaga qaytmoqçi emas va Özbekiston hukumatidan uyga qaytişda yordam söramoqda.


















