Jamiyat | 20:32 / 13.04.2017
12097
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda Lolalar festivali bo‘lib o‘tadi

18 apreldan 30 aprelgacha Istanbulda Lolalar festivali (Istanbul Lale Festivali) bo‘lib o‘tadi. Bu festival Turkiyaga ko‘plab sayyohlarni jalb qiluvchi butun jahonga ma'lum  gullar festivalidir.

Festival har bahorda o‘tkaziladi. Har yil aprelda Istanbul lolalarning jahon poytaxtiga aylanadi.

Bu yil o‘tkaziladigan XXII Lolalar festivali doirasida lolalar shaharning turli burchaklarida o‘tqaziladi. Istanbulda ularni deyarli har yerda uchratish mumkin bo‘ladi. 

Joriy yilda shaharda 200 navdagi 10 million dona lola piyozi ekiladi.

Festival ochilish marosimi 18 aprelda bo‘lib o‘tadi. Festivalning barcha asosiy tadbirlari Emirgan bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda turfa xildagi son-sanoqsiz lolalarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. 

Turkiyaning eng yaxshi landshaft dizaynerlari Istanbul aholisi va mehmonlarni lolalarning turli navlaridan tuzilgan yorqin kompozitsiyalar bilan ajablantirishga harakat qilib ko‘radilar. 

Lolalar festivalini o‘tkazish an'anasi ko‘p asrlik urf-odatlarga hurmat belgisi sifatida Istanbul meriyasi tomondan birinchi marta 2005 yilda o‘tkazilgan. Joriy yilda festival "Istanbul lolalar bilan uchrashmoqda" degan shior ostida o‘tadi.

18 aprelda Istanbulda shuningdek lolalar ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshlaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid