Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan shaxslar rag‘batlantiriladi
Endilikda yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan va bu haqda ma'lum qilgan shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan.
O‘zA tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur qaror bilan 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasi va uni tatbiq etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Shu bilan birga, har oy «Avtomobilsiz kun» aksiyasi yo‘lga qo‘yilishidan maqsad yo‘llarda xavfsizlik muammosiga jamoatchilik e'tiborini jalb etib, avtotransportsiz harakatlanish mumkinligi va zarurligini namoyish qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga uch oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarida o‘rnatilgan videoregistratorlaridan olinadigan videoyozuvlarni tezkor to‘plashning markazlashtirilgan tizimini joriy etish, sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida taklifni kiritish hamda shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini saqlab qolish imkoniyati ta'minlangan holda ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.
Umid qilamizki, bu choralar bizning yurtimiz ko‘chalarini tartibga solishga hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
22:22 / 26.02.2026
Adliya vazirligi noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritdi
17:57 / 14.01.2026
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
15:04 / 10.11.2025