19:41 / 31.05.2018
31152

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan shaxslar rag‘batlantiriladi​

Endilikda yo‘l harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan va bu haqda ma'lum qilgan shaxslar​ rag‘batlantiriladi​. Bu haqda O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan.

O‘zA tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur qaror bilan 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasi va uni tatbiq etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Shu bilan birga, har oy «Avtomobilsiz kun» aksiyasi yo‘lga qo‘yilishidan maqsad yo‘llarda xavfsizlik muammosiga jamoatchilik e'tiborini jalb etib, avtotransportsiz harakatlanish mumkinligi va zarurligini namoyish qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zimmasiga uch oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarida o‘rnatilgan videoregistratorlaridan olinadigan videoyozuvlarni tezkor to‘plashning markazlashtirilgan tizimini joriy etish, sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida taklifni kiritish hamda shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini saqlab qolish imkoniyati ta'minlangan holda ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Umid qilamizki, bu choralar bizning yurtimiz ko‘chalarini tartibga solishga hissa qo‘shadi.​

Mavzuga oid
Top