Tibbiyot sohasida natijaga yönaltirilgan rağbatlantiriş paketi belgilandi. Unga köra, quyidagi yönalişlarda samara körsatgan rahbarlar e’tirof etiladi:

  • profilaktika: kasalliklar xavf omillarini kamaytiriş, skrining va ma’lumot-tuşuntiriş işlari;
  • mahalliy davolaş: bemorlarni hududning özida yuqori bosqiçga yubormasdan, samarali davolaşni yölga qöyiş;
  • dori ta’minoti: dori berişni tartibga soliş, uzilişlarni bartaraf etiş;
  • kadrlar: malakali vraçlarni jalb qiliş va muntazam öqitiş;
  • servis va muhit: bemor yölini qisqartiriş, «bir darça» tamoyili, şikoyatlar bilan işlaş;
  • raqamlaştiriş: klinik va boşqaruv jarayonlarini töliq raqamlaştiriş.

Rağbat turlari:

  • «Özbekistonda xizmat körsatgan tibbiyot xodimi» unvoni, orden va medallar;
  • 30 mln söm şaxsiy pul mukofoti;
  • boşqarilayotgan şifoxona/poliklinika infratuzilmasini yaxşilaş uçun 500 mln söm;
  • har bir viloyatda eng yaxşi 2 ta tumanning soğliqni saqlaş bölimi rahbari va OP mudiri AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya kabi mamlakatlarda menejerlik öquviga yuboriladi.

Mexanizm soha rahbarlarini natija, oçiq hisobdorlik va xizmat sifatiga yanada kuçliroq yönaltirişi kutilmoqda.