Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Suriyada qulagan Rossiya samolyoti urib tushirilgan
Foto: © RIA Novosti
Suriyadagi «Jaysh al-Islom» («Islom armiyasi») guruhi Rossiyaning Suriyada qulagan An-26 transport samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Livanning Ad-Diyar nashri jangarilarga asoslanib xabar tarqatishicha, ular havo kemasini u Xmeymimdagi aerodromga qo‘nishga tayyorlanayotganida pulemyotdan o‘qqa tutgan.
Guruh vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ularning bu hujumi Suriya hukumati armiyasining Sharqiy G‘utada amalga oshirayotgan harbiy amaliyotlariga javob bo‘ldi. Fevral oyida suriyalik harbiylar Sharqiy G‘uta hududini artilleriyadan o‘qqa tutishgan, natijada tinch aholi vakillari halok bo‘lgandi.
6 mart kuni Suriyada Rossiya mudofaa vazirligining An-26 transport samolyoti halokatga uchradi. Halabdan parvoz qilgan samolyot Xmeymim aerodromiga kirishda ro‘y bergan. Samolyot uchish-qo‘nish tasmasiga 500 metrcha yetmay, yer bilan to‘qnashgan.
Uning bortida 33 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi.
Qurbonlarning 27 nafari zobit edi, ular orasida general-mayor ham bo‘lgan.
Rossiya mudofaa vazirligi havo kemasiga hujum uyushtirilmaganini alohida ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
14:06
Politico: Rossiya Ukrainaga ZAES elektr energiyasini bo‘lishni taklif qildi
13:06
Estoniya TIV rahbari Shryoderning Rossiya haqidagi gaplarini tanqid qildi
12:03
Germaniyada Abu-Dabi uchrashuvi natijalariga shubha bilan qaraldi
10:37