Samarqandda maktab o‘quvchisini itlar hamlasidan qutqargan qahramon yigit taqdirlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda itlar hamlasiga uchragan bolakayni taksi haydovchisi qutqarib qolgani haqida video tarqaldi. Samarqand shahrida yashovchi jasur haydovchi yigit taqdirlandi va ota-onasiga minnatdorchilik bildirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 2023 yilning 8 iyul kuni sodir bo‘lgan. Ko‘chadagi kamera tasviriga tushib qolgan vaziyat keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bolakayni qutqarishda tezkor harakat qilgan taksichi yigitning qahramonligi tarmoq kuzatuvchilarida iliq taassurot qoldirdi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, o‘sha kuniyoq bolakayga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ayni paytda uning holati yaxshi.
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ismatjon Ibragimov bolaning hayotini saqlab qolgan 23 yoshli taksi haydovchisi Firdavs Ahmedov va uning ota-onasiga minnatdorchilik bildirgan.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bolakayga tashlangan itlar ushlangan va karantinda saqlanmoqda. Itlarning egasiga esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 110-moddasi (It va mushuk boqish qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024