Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiyda metan-shoxobchalarga konteynerlarda gaz tashish sinab ko‘riladi
Qishning sovuq kunlarida, vodiy viloyatlarida gaz bosimi tushib ketgan paytda, metan-shoxobchalarga siqilgan tabiiy gaz maxsus yuk mashinalarida tashib olib boriladi. Buning uchun O‘zbekiston Xitoydan 150 ta ko‘chma konteynerni buyurtma qilgan.
Bu konteynerlar siqilgan metan gazni Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi 50 ta metan-shoxobchaga tashiydi. Pilot loyiha uchun har bir tumandan bittadan shoxobcha tanlab olingan. Har bitta konteyner 9000-9500 kubometrgacha gazni tashiy oladi.
Bu haqda o‘tgan oyda Energetika vazirligi tashkil etgan press-turda ma’lum qilingan edi. Kuni kecha vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov parlamentdagi chiqishida bu masalada qo‘shimcha ma’lumot berdi.
“Bu yil yangi tashabbus tashkil qilindi. Gaz ta’minoti eng og‘ir, bosim eng past bo‘ladigan hududimiz – Farg‘ona vodiysida ikkita yo‘nalishda ish tashkil qildik. Birinchisi, qo‘shni davlatdagi mavjud tranzit quvurdan foydalangan holda, yaqinroq masofadan – Hovos–Farg‘ona liniyasidan gaz ta’minlanyapti. Ikkinchisi, biz gaz quyish shoxobchalariga gaz tashiydigan 150 ta ko‘chma konteynerlarni olib keldik”, – dedi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, treylerlar va konteynerlar allaqachon olib kelingan bo‘lib, ularning bazasi Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida bo‘ladi. Bu yerda konteynerlarni to‘ldiradigan metan-shoxobcha faoliyati 22 dekabrgacha yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
“Bu nimani ta’minlaydi? Gaz zapravka o‘chgan vaqtida, biz quyish shoxobchasidan 150 ta “ko‘chma AGTKS”larni to‘ldirgan holda, 5 mingdan 10 ming kub metrgacha gazni tashiy olamiz. Hozirgi kungacha bu tizim 14 ta metan-shoxobchada sinab ko‘rildi. [Beshariqdagi] quyadigan shoxobchasi 22 dekabrgacha ishga tushganidan keyin, Farg‘ona vodiysida zaxira sifatida foydalaniladigan tizim joriy qilinadi”, – dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Mavzuga oid
18:36
2026 yilda yangi konlar hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni to‘xtatish rejalashtirilmoqda - Energetika vaziri
10:00 / 14.12.2025
Naqdsiz savdo talabi, metanga cheklov va korrupsiyaga qarshi klaster - hafta dayjesti
15:55 / 11.12.2025
O‘zbekistonda 3,5 GVt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya obektlari qurilishi boshlandi
23:13 / 05.12.2025