Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank oltin va kumush tangalar narxini yangiladi
O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarini sotish narxlarini yangiladi, ular 26 dekabrdan kuchga kiradi:
• 1 oltin tanga - 13,1 mln so‘m;
• 1 kumush tanga - 244 ming so‘m.

Shu tariqa, bugundan boshlab oltin tangalar narxi 200 ming so‘mga, kumush tangalar 1 ming so‘mga oshgan.
Narxlar London qimmatbaho metallar assotsiatsiyasining (LBMA) belgilangan narxi va o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbati asosida qo‘yilgan.
Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:30 / 14.02.2026
Markaziy bank qo‘mitasi: 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta tashkilotga jarima
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
11:11 / 29.01.2026