Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Navbahor» yangilangan stadionda «So‘g‘diyona»ni yengdi, «Nasaf» muvaffaqiyatsiz seriyasiga Buxoroda chek qo‘ydi
Superligada 7-turdan o‘rin olgan 2ta o‘yin o‘tkazildi.
Namanganning «Navbahor» klubi o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qayd qilish joizki, mezbonlar bu mavsumda ilk marotaba «Markaziy» stadionda maydonga tushishdi. Stadion chimi yangilangani bois, «Navbahor» uy bahslarini boshqa shaharlarda o‘tkazib kelayotgan edi.
«Nasaf» safarda «Buxoro» bilan bellashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 65-daqiqada Humoyun Murtazoyev tomonidan urildi. Natijada Qarshi shahri klubi qatorasiga uchta o‘yindan iborat mag‘lubiyatli seriyasiga barham berdi.
Bu natijalardan so‘ng, «Navbahor» 11 ochko bilan uchinchi o‘ringa, «Nasaf» 10 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib oldi. «So‘g‘diyona» va «Buxoro» 6 ochko bilan jadvalning quyi qismida borishmoqda.

Superliga, 7-tur
4 may
NAVBAHOR (Namangan) – SO‘G‘DIYoNA (Jizzax) 3:1
Namangan. «Markaziy» stadioni, 25 716 tomoshabin
Gollar: Slavko Lukich, (8), Aleksandr Kasyan (18, 31) - Sanjar Rashidov (90).
Navbahor: O‘tkir Yusupov, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Obid Jo‘raboyev (Igor Golban, 71), Slavko Lukich, Oston O‘runov, Azim Ahmedov (Shahzod Shaymanov, 76), Ivan Solovyov, Abdujamol Isroilov, Abbos G‘ulomov, Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 68).
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov, Jamshid Boltaboyev (Izzat Abdullayev, 20), Doston Toshmatov, Sherzod Shokirov, Daniel Nasriddinov (Dian Talxatov, 63), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.

BUXORO (Buxoro) – NASAF (Qarshi) 0:1
Buxoro, «Markaziy» stadioni
Gol: Humoyun Murtazoyev (65)
Hakamlar: Zokir Qodirov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Rahimbek Karimov. Nazoratchi: Bobur Haydarov. Komissar: Erkin Baxtiyorov.
Buxoro: 46. Xurshid Xodjayev, 2. Ivan Fatich, 4. Mirjalol Jumayev, 7. Ivan Nagayev, 8. Salamat Kutibayev (s), 9. Asadbek Sobirjonov, 23. Bexruz Shodmonov, 27. Rabbimjon Xasanov, 28. Ergash Ismailov, 29. Volodimir Baenko, 99. Doston Ibragimov
Nasaf: 35. Abduvahid Ne'matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Azizjon G‘aniyev, 8. Dilshod Saitov, 9. Humoyun Murtazoyev, 17. Doniyorjon Narzullayev, 18. Bobir Davlatov, 19. Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjaboyev, 28. Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s)
Mavzuga oid
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
19:49 / 30.11.2025
Superligada qolish uchun pley-off o‘yinlarida qatnashadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi
17:18 / 29.11.2025
«Paxtakor» Superligada ikkinchi, «Nasaf» uchinchi o‘rinni egalladi
18:11 / 22.11.2025