O‘zbekiston | 17:20 / 15.09.2021
21381
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim hududlarda alohida soliq rejimi kiritildi
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.
Alohida hududlar quyidagilardan iborat:
- Farg‘ona viloyatining So‘x tumani;
- Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi;
- Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 ko‘chasi.
Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- foyda va daromad solig‘i bo‘yicha – 1 foiz;
- tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming so‘m;
- ijtimoiy soliq bo‘yicha:
- yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1 baravari;
- aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).
Davlat organlari soliq solish obektlariga oid ma'lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.11.2024
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024