“Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Ayrim hududlarda soliq solişning alohida tartibini nazarda tutuvçi soliq rejimi kiritildi.
Alohida hududlar quyidagilardan iborat:
- Farğona viloyatining Söx tumani;
- Rişton tumanining Çönğara mahallasi;
- Farğona tumanining Şohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toştepa – 2 köçasi.
Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- foyda va daromad soliği böyiça – 1 foiz;
- tadbirkorlar uçun har çorakda 25 ming söm;
- ijtimoiy soliq böyiça:
- yuridik şaxslar uçun – 1 foiz;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun – yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 1 baravari;
- aylanmadan olinadigan soliq böyiça – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qöllaniladi).
Davlat organlari soliq soliş obektlariga oid ma'lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron şaklda taqdim etadi.

















