O‘zbekiston | 10:26 / 16.04.2021
4519
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 2 ta bog‘cha foydalanishga topshirildi

Buxoro viloyatining Jondor va Kogon tumanlarida 120 hamda 90 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish boshladi. 

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, Jondor tumanida 2020 yilgacha davlat va nodavlat bog‘chalar soni 60 tadan oshmagan.  Bugunga kelib, ularning soni 110 taga yetdi. Ma'lum qilinishicha, ayni kunda tuman bo‘yicha maktabgacha ta'lim yoshidagi 14 350 nafar bolaning 8 654 nafari bog‘chalarga qamrab olingan.

Tumanning Darveshi mahallasida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilishiga 2 mlrd 343 mln so‘m sarf qilingan.

Kogon tumanining Sorg‘un mahallasida 2 mlrd 951 mln so‘mga qurib bitkazilgan bog‘cha 120 nafar bolani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Uning foydalanishga topshirilishi bilan hududda yashovchi 31 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan.

Mavzuga oid