Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yoshlar paradi o‘tkazildi
Bugun, 5 dekabr kuni Toshkent shahrida yoshlar paradi bo‘lib o‘tdi.
«Toshkent yoshlarni sevadi» nomli yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlaridan iborat guruh qatnashdi.
Paradda ishtirok etgan ming nafardan ziyod yoshlar uchun orkestr chiqishlari, xizmat hayvonlari, jangovar mashinalar namoyish qilindi.
DXX chegara qo‘shinlari mas'ul xodimi Ahror Toshpo‘latov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida paradning maqsadi haqida gapirdi.
«Parad aholi, xususan yoshlarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. Mamlakatmizni 62 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etayotgan bir sharoitda ularga bo‘lgan e'tibor, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun qilinayotgan bu tadbirlar ijobiy samara beradi. Yoshlarni harbiy texnikalar, xizmat hayvonlariga bo‘lgan yaxshi munosabatini ko‘rib biz ham xursand bo‘ldik»,-dedi u.
Paradning ikkinchi qismida yoshlar uchun konsert dasturi taqdim etildi.










Mavzuga oid
17:30 / 28.02.2026
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
13:36 / 28.02.2026
Eng ko‘p sarf Samarqand va Toshkentda: ta’mir xizmatlari statistikasi
09:38 / 28.02.2026
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026