O‘zbekiston | 11:23 / 03.11.2022
8585
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yilgi doktorantura (PhD, DSc) ixtisosliklari uchun talabgorlar chet tili sertifikatini yil oxirigacha olish sharti bilan qabul qilinadi

Joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazilgan Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining navbatdagi yig‘ilishida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakliga hujjat topshirish uchun til sertifikati masalasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, bu yilgi doktorantura (PhD, DSc) ixtisosliklari uchun chet tili sertifikati yil oxirigacha olish sharti bilan qabul qilinadi. Ya’ni til bilish darajasidan qat’i nazar har bir talabgor kirish imtihonlarida ishtirok etadi.

Doktoranturaga qabul qilinganlar yil oxirigacha chet tili sertifikati olmasa, unga nisbatan chora ko‘riladi. Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’at a’zolarining ta’kidlashicha, bu ilm talabgorlari uchun imkoniyat bo‘lib, birinchi kurs oxirigacha belgilangan til sertifikati taqdim etilmasa, kursdan kursga o‘tkazilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun ham til sertifikati talab qilingani sabab kvotalarning ko‘p qismi to‘lmay qolgandi.

Mavzuga oid