Joriy yilning 2 noyabr kuni ötkazilgan Innovatsion rivojlaniş vazirligi Hay’atining navbatdagi yiğilişida oliy ta’limdan keyingi ta’lim şakliga hujjat topşiriş uçun til sertifikati masalasi körib çiqildi.

Unga köra, bu yilgi doktorantura (PhD, DSc) ixtisosliklari uçun çet tili sertifikati yil oxirigaça oliş şarti bilan qabul qilinadi. Ya’ni til biliş darajasidan qat’i nazar har bir talabgor kiriş imtihonlarida iştirok etadi.

Doktoranturaga qabul qilinganlar yil oxirigaça çet tili sertifikati olmasa, unga nisbatan çora köriladi. Innovatsion rivojlaniş vazirligi Hay’at a’zolarining ta’kidlaşiça, bu ilm talabgorlari uçun imkoniyat bölib, birinçi kurs oxirigaça belgilangan til sertifikati taqdim etilmasa, kursdan kursga ötkazilmaydi.

Eslatib ötamiz, bu yil magistratura bosqiçiga hujjat topşiriş uçun ham til sertifikati talab qilingani sabab kvotalarning köp qismi tölmay qolgandi.