Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metro qurilishi marafoni: dunyodagi 10 peshqadam
Metropoliten sektori shiddat bilan rivojlanmoqda. 2024 yil yakuniga ko‘ra, 180 dan ortiq shahar aholisi har kuni metro tizimidan foydalanib, tirbandlik va chiqindilarni kamaytirmoqda.
Spherical Insighs kompaniyasining tadqiqotida eng yirik metro tizimlariga ega o‘nta davlat nomi e’lon qilindi — bu kelajakning samarali, ekologik va texnologiya jihatdan tayyor jamoat transportiga jahon miqyosidagi burilishni aks ettiradi.
Xitoy
Xitoy munosib ravishda birinchi o‘rinni egallaydi: 50 dan ortiq shaharda 9 500 kilometrdan ziyod metro yo‘llari bor. Ulkan aglomeratsiyalar — Shanhay (802 km), Pekin (836 km) va Guanchjou (631 km) — ushbu ulkan tarmoqning tayanadigan ustunlaridir. Yangi shaharlashuv rejasi doirasida Xitoy 2025 yil oxirigacha bunday yo‘llarni 10 500 kilometrdan oshirishni ko‘zlayapti.
AQSh
Avtomobil madaniyatiga qaramasdan, AQShda taxminan 1 300 km metro yo‘llari mavjud. 472 ta stansiyali Nyu-York metrosi mamlakatning flagmani bo‘lib qolmoqda, Vashington va San-Fransisko esa Infratuzilma va ish o‘rinlari to‘g‘risidagi qonun hisobiga tarmoqlarini faol kengaytirmoqda.
Janubiy Koreya
Seulning zamonaviy metrosi 1 100 kmdan ortiq cho‘zilgan bo‘lib, dunyodagi eng texnologik va toza tizimlardan biri hisoblanadi. Kontaksiz to‘lov, yuzni tanish orqali kirish va ko‘p tilli interfeys yuksak urbanizatsiyalashgan aholiga xizmat qiladi.
Hindiston
Hindistonda haqiqiy transport inqilobi kechyapti. Dehlidan to Mumbay va Bangalorgacha 18 shaharda qariyb 958 km yo‘l — jadal o‘sishni ko‘rsatadi. Bunda, markaziy va mintaqaviy hokimiyatlar hamkorligi hamda davlat-xususiy sheriklikning keng joriy etilishiga tayanishni kuzatish mumkin.
Yaponiya
Aniqlik, tozalik va integratsiya — yapon metro tizimlarining, avvalo Tokio va Osakadagi belgilaridir. Tokio metrosi (taxminan 900 km) har kuni 8 milliondan ortiq yo‘lovchini tashiydi. Avtopilot (pilotsiz) boshqaruv va energiya tejamkor tarkiblar bo‘yicha innovatsiyalar Yaponiyaning sohadagi yetakchiligini saqlab turibdi.
Rossiya
Rossiya metropolitenlari, ayniqsa Moskva va Sankt-Peterburgdagi, me’moriy shukuh va ishonchlilik bilan mashhur. Dunyodagi eng katta tarmoqlardan biri — Moskvadagi Katta halqa liniyasi mamlakat transport taraqqiyoti ambitsiyalarining ramziga aylandi. Rossiyadagi umumiy metro yo‘llari 800 kmdan oshadi.
Germaniya
Germaniya metrosi yuqori texnologiya va barqarorlikni birlashtiradi. Berlin, Myunxen va Hamburg tarmoqlari jami 700 kmdan oshadi. Elektrifikatsiya va real vaqtdagi mobillik ma’lumotlariga kuchli urg‘u nemis metrosini butun dunyo uchun namunaga aylantirmoqda.
Braziliya
Braziliya — Lotin Amerikasida metropoliten bo‘yicha flagman. San-Paulu taxminan 400 km tarmoq va 91 ta stansiya bilan yetakchi. Aqlli chipta berish va ma’lumotlarga asoslangan yo‘naltirish megapolisda kengayish muammolariga bardosh berishga yordam beradi.
Buyuk Britaniya
Dunyodagi ilk yerosti temiryo‘lining vatani — London metropoliteni hanuz global ramz hisoblanadi. Elizabet liniyasini o‘z ichiga olgan modernizatsiya dasturlari Buyuk Britaniyaning metroni yanada barqaror va qamrovli qilish bo‘yicha intilishini aks ettiradi. Tarmoqning umumiy uzunligi 400 kmdan oshgan.
Fransiya
Parij metrosi, Lion va Marselda rivojlanayotgan tarmoqlar bilan birga, Fransiyaning shahar transportidagi boy merosining bir qismidir. Yo‘llar uzunligi taxminan 220 kmni tashkil etadi, ulkan Grand Paris Express loyihasi esa 2030 yilgacha yana 200 kmdan ortiq yo‘lni qo‘shadi.
Mavzuga oid
18:58 / 22.11.2025
Toshkentda qurilish maydonlariga ham suv sepilmoqda
15:12 / 22.11.2025
O‘zbekistonda qurilish bozori hajmi 10 oyda qariyb 15 foizga oshdi
12:04 / 22.11.2025
Ekologik qonunbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiya faqat yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanadi
15:38 / 21.11.2025