Özbekistonda 2026 yil 1 apreldan boşlab ekologiya sohasidagi qonunçilikni buzganlik uçun moliyaviy sanksiyalarni faqat yuridik şaxslarga nisbatan qöllaş tartibi joriy etiladi. Bu sanksiyalar jismoniy şaxslarga taalluqli bölmaydi.

Prezident farmoniga köra, bir xil huquqbuzarlik uçun moliyaviy sanksiyalar qöllangan yuridik şaxslarning xodimlariga ma’muriy jazo çorasini qöllaşga yöl qöyilmaydi.

Moliyaviy sanksiyani tölaş – Ekologiya qömitasining talabini bajariş majburiyatidan ozod qilmaydi.

Yuridik şaxslar uçun moliyaviy sanksiyalar joriy qilinadigan qonunbuzarlik holatlari röyxati:

  • daryolarning özanlarini tozalaşga va qirğoqlarini mustahkamlaşga doir işlarni amalga oşiriş tartibini buziş;
  • suv resurslarini muhofaza qiliş qoidalarini buziş;
  • daraxtlar va butalarni ğayriqonuniy ravişda kesiş, yöq qiliş va ularni muhofaza qiliş çoralarini körmaslik;
  • ifloslantiruvçi moddalarni atmosfera havosiga çiqarib taşlaş yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalaniş;
  • quriliş maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya etmaslik;
  • yoqilği, moddalar, material va çiqindilarni yoqişda atmosfera havosini muhofaza qiliş talablariga rioya etmaslik;
  • çiqindilar bilan muomalada bölişda atrof-muhitni muhofaza qiliş talablariga rioya etmaslik.

Moliyaviy sanksiyalardan tuşgan mablağlar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş jamğarmasiga yönaltiriladi.

Tegişli qonun loyihasi 1 oy muddat içida işlab çiqilib, Prezident administratsiyasiga kiritilişi kerak.