Ko‘chmas mulk | 15:12 / 22.11.2025
905
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qurilish bozori hajmi 10 oyda qariyb 15 foizga oshdi

Yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 247,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga ko‘pdir.

Rasmiy statistikaga muvofiq, so‘nggi yillarda qurilish sohasida barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Yanvar–oktyabr oylari kesimida qurilish ishlari hajmi:

  • 2021 yilda – 86,3 trln so‘m;
  • 2022 yilda – 104,3 trln so‘m;
  • 2023 yilda – 120,7 trln so‘m;
  • 2024 yilda – 203,5 trln so‘m;
  • 2025 yilda esa – 247,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, qurilish ishlari hajmining ortishiga yirik infratuzilma loyihalari, uy-joy qurilishi ko‘lamining kengayishi, shuningdek, xususiy sektor va xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid