Sport | 10:06 / 03.03.2024
28276
1 daqiqa o‘qiladi

Boks. Otabek Xolmatov WBA chempionlik kamari uchun Raymond Fordga texnik nokaut bilan yutqazdi

Bugun, 3 mart tongida AQShning Nyu-York shtati, Verona shahrida katta prof boks turniri o‘tkazilmoqda.

Foto: Getty Images

Boks kechasi doirasida yarim yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Otabek Xolmatov (11-0, 10 KO) WBA chempionlik kamari uchun Raymond Fordga (14-0-1, 7 KO) qarshi ringga chiqdi. 12 raundga mo‘ljallangan jang 12-raund tugashiga 7 soniya qolganida yakuniga yetdi.

Dastlabki raundlarda Xolmatov ustunlikni qo‘liga olib, yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, jangning ikkinchi qismida amerikalik bokschi ochiq jangni taklif qilgach, hamyurtimiz himoyalanishga qiynalib, zarbalarni o‘tkazib yubordi. 12-raundda muvozanatni yo‘qotgach, hakam texnik nokautni qayd etdi. 

Shu tariqa, Otabek faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni tan oldi. Raymond Ford esa yarim yengil vazn toifasining WBA kamarini qo‘lga kiritdi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов

Mavzuga oid