2017 yildan Qozog‘iston politsiyasi jihozlarida o‘zgarishlar yuz beradi
2017 yil 1 yanvaridan qozog‘istonlik politsiyachilar xizmat vazifalarini bajarishda tayoqchalardan foydalanmaydi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz agentligi. Qozog‘iston IIV Davlat tili va axborot departamenti direktori Almas Sadubayevning so‘zlariga ko‘ra, politsiya xodimlari yangi yildan mashinalarni qo‘l ishoralari yordamida to‘xtatadi.
"Avtomobillar qo‘l ishorasi bilan bir vaqtda hushtak chalish yoki patrul avtomobillarida o‘rnatilgan maxsus ovoz va chiroqli ovoz kuchaytirgichlarda ogohlantirish vositasida hamda avtopatrul tartibida to‘xtatiladi", - degan Sadubayev.
"IIV huquq-tartibot idoralarini modernizatsiya qilish doirasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashda xalqaro tajriba o‘rganildi. Yevropaning qator mamlakatlarining yo‘l politsiyalarida tayoqchadan foydalanilmaydi. Xalqaro me'yorlarga muvofiq, 2017 yil 1 yanvaridan ichki ishlar xodimlari ham transport vositalarini to‘xtatishda tayoqchadan foydalanmaydi. Yo‘l harakati qoidalari buzilishini IIV videokameralari va videoregistratorlari yordamida aniqlash va ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yiladi", - deya izohlagan Almas Sadubayev.
Mavzuga oid
16:31 / 14.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024