Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslar tomonidan milliy valutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005 yil 12 martdagi Z-A/1-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslar tomonidan milliy valutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Qarorga ko‘ra, 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Bunda, olingan to‘lov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar hamda qonun hujjatlarida belgilangan tegishli rekvizitlarga ega bo‘lgan boshqa hujjatlar yuridik shaxs buxgalteriyasi uchun hisobot hujjatlari sifatida xizmat qiladi”.
9-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“9.Korporativ bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha hisobot hujjatlari sifatida to‘lov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, ularga ilova qilingan tegishli savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarning “to‘landi” muhri qo‘yilgan to‘lov hujjatlari, shuningdek, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar, invoys (hisob-faktura) hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar xizmat qiladi”.
Qaror bilan 10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026