Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qabrini ziyorat qildi
Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad hoji Qodirovning o‘g‘li, amaldagi Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Toshkentdagi otasining ustozi shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari abadiy qo‘nim topgan maskanni ziyorat qildi.
Ahmad hoji Qodirov 1980 yillarda Toshkent islom oliy ma'hadida o‘qib, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan bevosita tahsil olgan va umrining oxirigacha sodiq shogirdlardan bo‘lib qolgan edi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilishicha, Ramzan Qodirov O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoro va Samarqanddagi qadimiy ziyoratgohlarga ham tashrif buyurib, o‘zbek-chechen iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokamasiga o‘tadi.





Mavzuga oid
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
14:47 / 12.01.2026
Ukraina razvedkasi: Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Kreml unga voris izlamoqda
19:43 / 04.01.2026