Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod bozorida qayta qurish ishlari boshlanadi
Toshkent shahridagi Yunusobod bozori yangilanadi. Hozirgi talablarga mos ravishda zamonaviy savdo, biznes va dam olish markaziga aylanishi kutilgan bozorda qayta qurish ishlari 2025 yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimligining Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi DUKka ko‘ra, loyiha doirasida bozorning umumiy vazifasi saqlanib qoladi. Har bir bo‘lim alohida reja asosida qayta tashkil etilib, tadbirkorlar uchun o‘z faoliyatini to‘xtatmasdan ishlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, qurilish ishlari savdo joylariga ta’sir qilmasligi uchun maxsus logistika tizimi tashkil etiladi.

Toshkent shahar hokimligi yaqin kunlarda bozor tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda yangi quriladigan bozorning sharoitlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berilib, tadbirkorlar takliflari eshitiladi.
Yunusobod bozori nafaqat tuman aholisi uchun savdo va xizmat ko‘rsatish markaziga aylanadi, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari va shahar infratuzilmasi rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Qayta qurish ishlari natijasida bozor faoliyatidan budjetga tushumlar sezilarli darajada oshishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Loyihaga oid barcha yangiliklar aholi va tadbirkorlarga muntazam ravishda yetkazib turiladi. Qurilish jarayoni va uning natijalariga oid ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:22 / 19.01.2026
SSD’lar oltindek qimmatlashib ketdi
15:46 / 17.01.2026
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
14:11 / 17.01.2026
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
20:18 / 15.01.2026