Toshkent shahar qurilish boshqarmasi va bo‘limlari Qurilish vazirligi bo‘ysunuviga o‘tadi
Qurilish maydonchalarida ishchilarning jarohat olishini kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Yagona ma'muriy qurilish reglamenti ishlab chiqiladi.

Toshkent shahri Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahri tumanlari qurilish bo‘limlari Qurilish vazirligi bo‘ysunuviga beriladi.
Bu – O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga oid prezident farmonida belgilangan.
Qurilish vazirligiga uch kun ichida Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtincha nizom loyihasini tasdiqlash uchun hukumatga kiritish yuklatildi.
2021 yil 1 iyungacha Yagona ma'muriy qurilish reglamenti ishlab chiqiladi. Unda birlamchi ruxsat berish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan o‘tkazishdan tortib obektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha qurilish jarayonlari qamrab olinadi.
Ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga sug‘urtalash tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘riladi.
Qurilish vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens tizimi joriy etilib, ISO 37001 xalqaro standartiga (Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi) muvofiqlik sertifikati olinishi belgilandi.
2021 yil 1 sentyabrgacha «Ogoh fuqaro» elektron tizimi yaratiladi. Bu – fuqarolarga qurilayotgan obektlar to‘g‘risida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beradi.
Xalqaro ijtimoiy ta'minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan «Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish» dasturi ishlab chiqiladi.
Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga qo‘shilish masalasi o‘rganib chiqiladi.
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Ukraina Ar-Riyozda yuk tashish xavfsizligi masalalarini muhokama qildi
Jahon | 19:03
-
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat | 18:21
-
Farg‘onada maishiy chiqindi xizmati narxlari o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 18:18
-
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin
Jahon | 18:16
Mavzuga oid

18:21
Toshkentda antifriz ichgan ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

09:11
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

21:34 / 21.03.2025
“Pushkin” bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi tushishi ma’lum qilindi

18:31 / 20.03.2025