Jahon | 22:52 / 11.05.2019
6184
1 daqiqa o‘qiladi

Sudanning sobiq prezidenti korrupsiyada aybdor ekanligiga iqror bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Sergey Mamontov

Sudanning hokimiyatdan chetlashtirilgan sobiq prezidenti Umar al-Bashir korrupsiya va pul yuvishda aybdor ekanligiga iqror bo‘ldi, deb xabar berdi Sudanning "Al-Jarida" gazetasi o‘z manbasiga tayanib.

Nashrning ma'lumot berishicha, sobiq davlat rahbari "o‘ziga qarshi e'lon qilingan korrupsiya, noqonuniy xorijiy valuta muomalasi va pul yuvish ayblovlariga iqror bo‘lgan". Gazetaning qayd etishicha, al-Bashir korrupsiyaviy sxemaga aloqador yuqori martabali arboblar ismini aytgan.

OAVning yozishicha, avvalroq al-Bashirning uyidan tintuv vaqtida 6 million yevro, 351 ming dollar hamda yirik miqdordagi mahalliy valuta topilgan.

Sudanda to‘rt oylik norozilik namoyishlaridan so‘ng 11 aprel kuni harbiy davlat to‘ntarishi sodir bo‘lgandi. Prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlashtirildi, so‘ngra qamoqqa tashlandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров

Mavzuga oid