O‘zbekiston | 11:41 / 04.01.2019
5552
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeks loyihasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

amaldagi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish;

ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishning protsessual tartibini takomillashtirish;

ma'muriy protsess ishtirokchilarining vakolatlari, huquqlari va majburiyatlarini maqbullashtirish;

ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron ma'muriy ish va hokazo);

jabrlanuvchining arizasiga asosan yuritiladigan ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;

ma'muriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;

jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni rag‘batlantirishning differensial tartibini joriy etish;

ma'muriy javobgarlikka tortishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX, vazirlik va idoralar 2019 yil 1 dekabrga qadar qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Mavzuga oid