Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va Surxondaryo viloyati hokimi koronavirusdan davolanayotgani ma'lum bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 73 yoshli Musa Yerniyazov Nukus shahrida, 50 yoshli To‘ra Bobolov esa Toshkent shahrida davolanmoqda. Ularning holati barqaror deb baholanmoqda.
Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Tashrif davomida xorijlik va mahalliy mutaxassislar va olimlar ishtirokida videokonferensiya tashkil etilgan. Unda bir nechta masalalar qatorida Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati ham tahlil qilingan.
Videokonferensiyada xorijlik mutaxassislardan Yevropa anesteziya va intensiv terapiya jamiyatining prezidenti, Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolash klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb ishtirok etgan.
«Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash usullarni ishlab chiqqan Germaniyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari ahvoli og‘ir bemorlarni samarali davolash bo‘yicha zarur tavsiyalarni berdilar, natijada davo-muolajalarini korreksiya qilishga erishildi», – deyiladi SSV xabarida.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 11:32
-
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston | 11:11
-
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
Jahon | 11:07
-
Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024