Ma'lum bölişiça, 73 yoşli Musa Yerniyazov Nukus şahrida, 50 yoşli Töra Bobolov esa Toşkent şahrida davolanmoqda. Ularning holati barqaror deb baholanmoqda.

Kuni keça Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov boşçiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyurgan.

Taşrif davomida xorijlik va mahalliy mutaxassislar va olimlar iştirokida videokonferensiya taşkil etilgan. Unda bir neçta masalalar qatorida Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovning holati ham tahlil qilingan.

Videokonferensiyada xorijlik mutaxassislardan Yevropa anesteziya va intensiv terapiya jamiyatining prezidenti, Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolaş klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va şoşilinç tibbiyot yönalişidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb iştirok etgan.

«Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni samarali davolaş usullarni işlab çiqqan Germaniyaning yetakçi tibbiyot mutaxassislari ahvoli oğir bemorlarni samarali davolaş böyiça zarur tavsiyalarni berdilar, natijada davo-muolajalarini korreksiya qilişga erişildi», – deyiladi SSV xabarida.