Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston qurolli kuchlari soni bir yilda 11 foizga qisqardi
Foto: AFP / Javed Tanveer
Afg‘oniston Milliy qurolli kuchlari soni bir yil davomida 11 foizga qisqardi. Bu “Tolibon” radikal harakati tomonidan mamlakatdagi yangi okruglarning egallab olinishi fonida yuz berdi. Bundan Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha AQSh maxsus bosh inspektori hisoboti darak beryapti.
"Afg‘onistondagi Amerika Qurolli kuchlarining hisobotiga ko‘ra, Milliy qurolli kuchlar hozirgi soni 296 409 kishini tashkil etyapti. Bu raqam qurolli kuchlar soni o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda keskin tushib ketganini anglatadi. Umuman olganda, 35 999 kishiga qisqargan", - deyiladi hisobotda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, ayni damda mamlakatdagi okruglarning 14,5 foizi toliblar nazorati ostida turibdi. Bu Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha AQSh maxsus bosh inspektori hisoboti tarixidagi rekord foiz.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026