Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi. AKT vazirligi mas'ul organ etib belgilanadi
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlashi rejalashtirilmoqda.
Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan 2012 va 2015 yillarda Jyeneva shahrida va 2019 yilda Sharm-ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro elektraloqa ittifoqining Butunjahon radioaloqa konferensiyalari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Radioaloqa reglamenti tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro elektraloqa ittifoqi Bosh kotibiga ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani O‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga kiritish uchun zarur ichki davlat tartib-qoidalarni bajarilganligi haqida tegishli xabarnomani o‘rnatilgan tartibda yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ko‘rsatilgan xalqaro shartnoma amalga kiritilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni o‘rnatilgan tartibda ta'minlaydi.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
14:39 / 22.10.2025
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
07:27 / 29.07.2025
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
09:47 / 15.07.2025